Ana holos! Birorta ham o'yinda ishlamagan murabbiy BAA termasidan ketdi

Mirjalol Normatov
6 apr 2020
Serbiyalik mutaxassis Ivan Yovanovich BAA termasi bosh murabbiyligidan ketdi.

Bugun BAA futbol federatsiyasi ushbu qarorni rasman tasdiqladi.

Ivanovich BAA termasi bilan dekabrda 6 oylik shartnoma imzolagandi. U termani Osiyo Kubogiga olib chiqish va JCH saralash bosqichida kelasi bosqichga olib o'tishi kerak edi. Biroq koronavirus sababli barcha o'yinlar qoldirildi. Shu orqali Ivan birorta o'yin o'tkazmasdan BAA termasidan iste'foga chiqdi.

Ayni damda butun dunyo koronavirusdan aziyat chekmoqda. Ushbu virusdan zararlanganlar soni 1,2 mln odamni tashkil qilayotgan bo'lsa, 272 mingdan ko'prog'i sog'aygan.  

Rasmiy xabar: BAA terma jamoasiga serbiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo'ldi 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uaefa.ae