

"G" guruhidan o'rin olgan Kamerun va Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.
"Inter" darvozaboni Andre Onana ma'lum intizomiy sabablar tufayli bahs boshlanishiga bir necha soat qolganida tarkibdan chetlatildi.

O'z vatani uchun 34 ta o'yinda ishtirok etgan Onana o'rniga Saudiya Arabistoning "Abha" jamoasi posboni Devis Epassi (suratda chapda) Kamerun darvozasini qo'riqlaydi.
Epassining chigilyozdi mashg'ulotlarda qatnashayotgan suratini bevosita "Al Janub" stadionida faoliyat olib borayotgan muxbirimiz Tolibjon Qosimov taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, Andre Onana yozda Italiyaning "Inter" klubi safiga erkin agent sifatida borib qo'shilagan edi.



