Andrea Belotti Fransiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
10 iyun 2020
"Monako" "Torino" hujumchisi Andrea Belottiga qiziqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Fransiya klubi futbolchini yozgi transferlar oynasida xarid qilish haqida bosh qotirmoqda.

Forvard "Monako"da boshqa klublar nazariga tushgan va jamoadan kyetishi mumkin bo'lgan Vissam Ben-Yedderning o'rnini egallashi mumkin.

Belotti "Torino"ga 2015 yilning yozida "Palermo"dan o'tgan edi. Transfer narxi esa 8,4 million evroni tashkil etgan.

26 yoshli forvard joriy mavsum Italiya chempionatida 23ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etgan. Uning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Le10sport