

Qayd etilishicha, 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma ikki yillik muddatga tuzilgan.
Forvard "Roma"ga tegishli bo'lib, rimliklar transfyerdan 4,5 million evro ishlab olgan. Poytaxt klubi bonuslar ham olishi mumkin.
Belotti o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Fiorentina"da o'tkazdi. U avvalroq “Palermo” va “Torino” klublarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Sesk Fabregas boshchiligidagi “Komo” yangi mavsum “A” Seriyasida ishtirok etadi.



