Andrey Shevchenko Mudrik haqida: "Bu "Chelsi"ning investiciyasi"

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2023
Andrey Shevchenko Mixaylo Mudrikning transferini "Chelsi"ning kelajak uchun investiciyasi deb atadi.

"Chelsi" istedodli futbolchini kelajak uchun sotib oldi, u hali juda yosh. Mudrik katta futboldagi yo'lini endi boshlamoqda. 

Uning dastlabki qadami to'g'ri, u "Chelsi"ga o'tdi. Mudrik - katta loyihaning bir qismi. U yaxshi qo'llarda. 

Uni xarid qilish qarori klub uning istedodiga ishonayotganidan darak bermoqda. Uning uzoq muddatli shartnomasi bor va bu noodatiy holat. "Chelsi" kelajak uchun investiciya qildi. 

APL hoziroq natija talab qiledigan chempionat. Ammo keling, uni ushbu sakkiz yillikda o'zini qanday ko'rsatishini kuzatamiz. Klub unga ishongan holda, sabrli bo'lishi kerak", - dedi Shevchenko. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru