Anelli: "Uchinchi evrokubok 2024 yildan so'ng o'tkaziladi"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018
Yevropa klublari assotsiatsiyasi prezidenti Andrea Anellining ma'lum qilishicha, uchinchi evrokubok 2024 yildan so'ng yaratiladi.

"Biz uchinchi evrokubok yaratish ustida ishladik, dekabr oyida ijro qo'mitasi ushbu g'oyani maqullashi kerak. Agar loyihaga ruxsat berishsa, uchinchi turnir 2024 yildan so'ng o'tkaziladi.

Biz xalqaro taqvimni ham o'zgartirishimiz kerak. Hammasini milliy chempionat o'yinlari xalqaro turnirlarga mos tushadigandek tashkillashtirish kerak. Transfer oynalarini o'rganib, ichki va xalqaro turnirlar orasidagi balansni topishimiz, futbolchilar dam olishi uchun kun ajratishimiz kerak. Hammasi hal bo'lganidan so'ng yangi turnirning formatini tanlashimiz mumkin" - deydi Anelli.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia