Angliya chempionati. “Tottenxem” peshqadamni taqib etishda davom etadi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2017
Angliya premer ligasining 24-turida “Tottenxem” futbolchilari Harri Keyinning penaltidan kiritgan goli evaziga o'z maydonlarida “Midlsbro”ni mag'lubiyatga uchratishdi.

Uchrashuv mezbonlarning ustunligi ostida o'tgan bo'lsada, Viktor Valdes darvozasini ishg'ol etish uchun Pochettino shogirdlari ancha ter to'kishga majbur bo'lishdi. Faqatgina 58-daqiqaga kelib Songa nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin Klattenburg “Midlsbro” darvozasiga 11-metrlik jarima to'pi belgiladi. Bu vazifani “Tottenxem” to'purari Harri Keyn aniq amalga oshirib, jamoasining g'alabasini taminladi.

Angliya chempionati, 24-tur.

Tottenxem - Midlsbro - 1:0 (0:0)

Gol: Keyn 58 (pen).

Tottenxem: Loris, Alderveyreld, Uoker, Deyvis, Dembele, Vanyama, Eriksen, Dayer, Alli (Uinks 88), Son (Sissoko 81), Keyn (Yanssen 90+3).

Midlsbro: Viktor Valdes, Fabio, Espinosa, Chembers, Gibson, Dauning (Gediura 62), Forshou (Stuani 62), de Ron, Kleyton, Traore (Bemford 79), Negredo.

Ogohlantirish: de Ron 38.

Bosh hakam: Klattenburg (Angliya).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia