Antonio Kassano: “Milan”ning yagona najotkori- Ibragimovich”

“Milan”ning sobiq futbolchisi Antonio Kassano shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichning Italiya klubiga qaytishi mumkinligi ehtimoli haqida gapirdi.

“Ibragimovich – “Milan”dagi vaziyatning to'g'irlashni yagona yo'li. Zlatan o'zi bilan birga to'p tepayotganlar orasida eng yaxshisi bo'la oladi. Shvetsiyalik futbolchi shuningdek, jamoaga enutiziazm taqdim eta oladi.

Zlatan Italiyaga qaytishni istamaydimi? Menimcha, unga 1,5 yillik shartnoma taklif etilsa, u bu taklifni qabul qiladi”, deydi Kassano.


Manba: Calciomercato