APL klublari "Napoli" vingeriga qiziqish bildirmoqda

Alisher
5 mar 2020
APLning uch klubi "Napoli" vingeri Irving Losano uchun kurashishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, Losano uchun "Vest Xem", "Vulverxempton" va "Everton" klublari raqobat olib bormoqda. O'yinchining transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Losano "Napoli"ga 2019 yilning yozida PSVdan o'tgan edi, ammo u jamoasi safida o'zini ko'rsata olmayapti.

Losano joriy mavsum A Seriyada 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com