

O'yinni Daniele Orsato boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Chiro Karbone va Alessandro Jallatini yordam beradi.
VAR bosh hakami sifatida Massimiliano Irrati tanlandi, unga Paolo Valeri assistentlik qiladi.
Orsato joriy jahon chempionati guruh bosqichining ikkita o'yinida ishladi: Qatar - Ekvador (0:2) va Argentina - Meksika (2:0). Ushbu bahslarda u hammasi bo'lib 11 ta sariq kartochka ko'rsatdi va bitta penalti belgiladi.
Argentina – Xorvatiya uchrashuvi 14 dekabr kuni “Lusail” stadionida soat 00:00 da boshlanadi.



