Arsen Venger "Arsenal"ning joriy mavsumdagi imkoniyatini baholadi

Оқил Абдубарноев
2 yanv 2023
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning joriy mavsumda APLda chempion bo'lish imkoniyatlarini baholadi.

"Menimcha, jamoada chempion bo'lish uchun barcha jihatlar etarli. Futbolchilar oxirigacha kurashishga qodir. Guvohi bo'lsangiz, jamoa o'yin davomida juda ko'p vaziyat yaratadi. Aslini olganda, men ularning zaif tomonlarini ko'rmayapman", - dedi Venger.

Fransiyalik mutaxassis klubni tark etganidan keyin ilk marta "Arsenal" o'yiniga tashrif buyurdi. 17-tur doirasidagi bahsda "kanonirlar" "Vest Xem"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

"Arsenal" ayni damda eng yaqin taqibchisi "Manchester Siti"dan 7 ochko oldinda borgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports