"Arsenal" 45 million evro evaziga "Inter" hujumchisini sotib olmoqchi

"Inter" jamoasi sardori Mauro Ikardi "Arsenal" jamoasiga o'tishi mumkin.


Londonliklar "Inter"ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi uchun 45 million evrodan voz kechishmoqchi.

"Inter" rahbariyati bu mablag' evaziga Ikardini sotishi mumkin.

"Arsenal" vakillari Denni Uelbekning safga qaytishi cho'zilib ketgani tufayli hujumchi izlashmoqda.

Ikardi esa ularning asosiy maqsadlari sifatida tilga olinmoqda.


Manba: Football-Italia