"Arsenal" Artur Meloning transferi borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
18 iyul 2022
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Braziliyalik ushbu poziciyada xarid qilinadigan o'yinchilar ro'yxatida bor.

"Arsenal" qishda ham Meloni xarid qilishga uringan edi, ammo transfern amalga oshirish imkoniyati bo'lmadi. "Yuve" mavsumlar oralig'ida Pol Pogbani xarid qildi, klub Meloni jamoada saqlab qolmaydi.

U o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Tutto Mercato Web