"Arsenal" forvardi Jerrard jamoasiga o'tishi mumkin

Alisher
20 yanv 2022
"Arsenal"ning 22 yoshli forvardi Eddi Nketia joriy transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Uning xizmatlariga Birmingemning "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasidan foydalanib qolmoqchi va hujumchini pastroq narxga o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, birmingemliklar oldinroq yarim himoyachi Filippe Koutino va himoyachi Lyuk Din bilan shartnoma imzolashgan edi.

"Aston Villa"ni 2021 yilning noyabridan beri Stiven Jerrard boshqaradi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic