

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" ispaniyalik himoyachini anchadan beri kuzatib keladi, biroq hozircha uni sotib olish bo'yicha aniq qadamlar tashlamagan.

Valdepenyas "Real Madrid Kastilya" safida o'ynaydi, shuningdek, Ispaniya U-19 terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Himoyachining "Real" asosiy jamoasidagi debyuti o'tgan yilning 14 dekabrida – Ispaniya La Ligasining 16-turida "Alaves"ga qarshi o'yinda bo'lib o'tgan.
Ushbu bahsda Valdepenyas maydonda 78 daqiqa harakat qildi va jamoasining safardagi 2:1 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi. Bu o'yin yana bir jihatdan tarixiy bo'ldi - Viktor Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin "Real" akademiyasidan asosiy jamoada debyut qilgan ilk futbolchiga aylandi. Shu o'yingacha u asosiy tarkib qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.



