"Arsenal" va "Chelsi" "Volfsburg" himoyachisi uchun kurashishadi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2023
"Volfsburg" himoyachisi Ridle Baku APL klublarining e'tiborini tortdi, deb xabar berdi "Bild".

Manbaga ko'ra, "Arsenal" va "Chelsi" futbolchining o'yinlarini kuzatishmoqda. Bundan tashqari, himoyachiga "Vilyarreal" tomonidan ham qiziqish mavjud.

Baku 2020 yildan beri "Volfsburg" safida o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u Bundesliganing 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild