Arteta "Sporting"ga qarshi o'yin oldidan xushxabar eshitdi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2026
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sporting"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yini oldidan tarkib haqida xabar berdi.

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, 3 nafar asosiy futbolchi o'yinga tayyor - Gabriel Magalyaes, Deklan Rays va Leandro Trossard.

O'yin oldidan matbuot anjumanida ularning jismoniy holati haqidagi savolga javoban Arteta qisqacha shunday dedi:

"Ha, ha va ha".

Shuningdek, "Arsenal" bir qator yo'qotishlarga ham duch kelgan: Bukayo Saka va Yurrient Timber uchrashuv qaydnomasidan chetda qoldirildi. Murabbiy ikkala o'yinchi jamoa bilan birga safar qilmaganini va hali o'ynashga tayyor emasligini ta'kidladi. Eberechi Eze va Mikel Merino h m jarohat tufayli safdan chiqqan.

Chorak finalning birinchi o'yini 7 apreldan 8-aprelga o'tar kechasi bo'lib o'tadi, javob bahsi esa bir haftadan so'ng "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC