ARXIV. "Neftchi" Rivaldosi bor "Bunyodkor"ni qanday mag'lub etgan?

Narzulla Saydullayev
26 sen 2023
"Bunyodkor" klubi bilan hamkorlikdagi Video Arxiv rukni davom etadi.

2008 yilgi O'zbekiston oliy ligasida "Bunyodkor" klubi chempion bo'lgan. O'sha mavsum "qaldirg'ochlar" 30ta turda faqat bir bor mag'lub bo'lishgandi. Ushbu mag'lubiyat 29-turda Farg'onada "Neftchi"dan qabul qilingandi. Sarkisyan shogirdlari ushbu mavsum bronza medallariga ega chiqishgan.

Murabbiyning o'zi ushbu o'yinni quyidagicha eslaydi: "Bunyodkor" mavsumni mag'lubiyatsiz tugatishi kerak edi. O'yindan oldin ko'pchilikda turli shubhalar, fikrlar paydo bo'ldi. Futbolchilarga maydonga chiqib yutishimizni va ortiqcha gaplarga o'rin qoldirmaslikni ta'kidladim",- degandi Yuriy Vazgenovich. 



NEFTCHI - BUNYODKOR - 2:1 (2:0)
18.11.2008. 29-tur. Farg'ona. "Farg'ona" stadioni. 15001 tomoshabin.
Bosh hakam:
Hamidov Rustam.
Gollar: 1:0 - Ibragimov Aziz M, 18. 2:0 - Berdyev Anvar, 37. 2:1 - Rivaldo, 88
NEFTCHI: Hasanov G'ayrat; Usmonov Maksim; Hakimov Sherzod (Xoliqov Akmal, 90); Boqiev Umid; Alijonov Aziz; Jumaev G'ayrat (Shoimov Nasim, 58); Jo'ramurodov Azamat; Saidov Mansur; Berdiev Anvar; Muhiddinov Asqar; Ibragimov Aziz M. (Akramov Iqbol, 60)
BUNYODKOR: Bugalo Pavel; Gochguliev Gochguli; Luizao; Rivaldo; Ponomaryov Vyacheslav (Vilyanueva Xose Luis, 46); Xvostunov Aleksandr; Xasanov Jasur O.; Soliev Anvar (Karimov Xayrulla, 75); Karpenko Viktor (Baqoev Ulugbek, 64); Jo'raev Sahob; Jeparov Server
Ogohlantirishlar: Jo'raev Sahob, 15; Muhiddinov Askar, 30; Boqiev Umid, 55; Rivaldo, 67; Gochguliev Gochguli, 84; Karimov Xayrulla, 87
Chetlatish: Karimov Xayrulla, 90 (2SK)





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia