"Aston Villa" forvardi Beyli jarohati sabab 3 haftani o'tkazib yuboradi

Alisher
24 sen 2021
"Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smit forvard Leon Beylining jarohati haqida gapirdi.

"Leonda jarohat bor va u terma jamoalar tanaffusiga qadar o'ynamaslik ehtimoli bor", - deydi Smit.

24 yoshli yamaykalik futbolchi Angliya chempionati 5-tur doirasidagi "Everton" (3:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Beyli joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Reuters