Astori 5,5 mln. evro evaziga "Kalyari"dan "Napoli"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2015
"Napoli" 28 yoshli himoyachi Davide Astori transferi borasida "Kalyari" bilan kelishib oldi.

Neapolliklar futbolchi uchun 5,5 mln. evro to'laydi.

Endi klub Astori bilan shartnoma shartlarini kelishib olishi lozim. Ma'lumotlarga ko'ra, Astoriga yiliga 900 ming evrolik, 4 yilga mo'ljallangan kelishuv taklif qilinyapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com