"Atletiko" himoyachisi jarohat orttirib oldi

Sherzod Nurmatov
8 mar 2024
Xose Ximenes bo'lajak o'yinlarda maydonga tusholmaydi.

Madridning "Atletiko" jamoasi himoyachisi Xose Ximenes jarohati sabab bo'lajak o'yinlarda maydonga tushmaydi, deb xabar bermoqda "Mística Uruguaya".

Qayd etilishicha, 29 yoshli Ximenes Chempionlar Ligasi doirasidagi "Inter" va Ispaniya chempionatida "Barselona"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Himoyachi, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan xalqaro oynada Urugvay terma jamoasiga chaqirilmaydi.

Ximenes ushbu mavsum "Atletiko" safida 25 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mística Uruguaya