"Atletiko Madrid" himoyachisi "Vulverxempton"ga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
Himoyachi Mett Doerti "Vulverxemton"ga qaytdi.

Futbolchi "bo'rilar" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgan. Mett va "Vulverxempton" 3 yillik bitimni imzolashgan. Irlandiyalik 2010 - 2020 yillar mobaynida ingliz klubi sharafini himoya qilgan keyin esa "Tottenxem" va "Atletiko" klublari safida harakat qildi.

La Liganing so'nggi mavsumida futbolchi 2 ta o'yinda ishtirok etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: wolves.co.uk