“Atletiko” prezidenti amalga oshgan transfer haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2022
“Matraschilar” rahbari Enrike Sereso “Borussiya D” yarim himoyachisi Aksel Vitsel tez orada jamoaga kelib qo'shilishini tasdiqladi.

“Vicelning transferi deyarli amalga oshganini hamma bilsa kerak. Biroq, yana bir necha kun yoki bir necha hafta kutishimizga to'g'ri keladi”, deydi Sereso.

Vitsel oxirgi 4 yilni “Borussiya D”da o'tkazdi. Uning jamoa bilan shartnomasi ushbu oyda yakunlandi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum dortmundliklar safida 41 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo