"Ayaks" yangi murabbiy tayinlaydi. Bor-yo'g'i ikki nafar nomzod bor

Sherzod Nurmatov
6 may 2024
Amstyerdam klubi yangi murabbiy tayinlashni rejalashtirmoqda.

Mavsum boshida "Ayaks"ni Moris Steyn boshqargandi. Bu murabbiy jamoani Eredivizining tushib kyetish zonasidan olib chiqa olmadi.

O'tgan yilning oktyabr oyida "Ayaks" Steynni iste'foga chiqardi va Jon van 't Sxipni jalb qildi. Uning qo'l ostida amstyerdamliklar 29 ta uchrashuv o'tkazib, 14 ta g'alaba, 9 ta durang va 6 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Jamoa turnir jadvalida 5-o'rinni egalladi, ammo van't Sxip u yerda faqat mavsum oxirigacha qoladi. Niderlandiya OAVning xabar berishicha, "Ayaks" kelasi hafta yangi murabbiy tayinlanganini e'lon qiladi.

"De Telegraaf" jurnalistlarining takidlashicha, rahbariyat faqat 2 nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda. Van 't Sxip o'rnini Grem Potter yoki Franchesko Farioli egallaydi.

Potter o'tgan yilning aprel oyidan beri ishsiz. Angliyalik mutaxassis "Chelsi"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi, u atigi etti oydan keyin iste'foga chiqarildi.

O'z navbatida, Farioli Liga 1da 5-o'rinda borayotgan "Nicca"ni boshqaradi. Italiyalik murabbiyning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, shu sababli "Ayaks" Fransiya klubi bilan muzokara olib borishiga to'g'ri keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: De Telegraaf