Aybek Nurbaev: "Menga ob-havo, hakam, maydon kabi bahonalar yoqmaydi"

Administrator
28 may 2023
Pro-liga 10-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Aral" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinni ko'rdinglar, deyarli ustunlik biz tomonda edi. Shunday o'ynab turib yutqazdik. 3 kun oldin "So'g'diyona" bilan kubok musobaqasida safar o'yinini o'tkazdik. Shu bois ham tiklanish jarayonida muammolar ko'rindi.

- Ob-havo birinchi bo'limda jamoangizning o'yiniga ta’sir ko'rsatdimi?

- Men eng yomon ko'rganim shular, ob-havo, hakam, maydon. Har ikki jamoa shu muhitda o'ynaydi, bularning bari bahonadan boshqa narsa emas.

- Sizga sun'iy maydon qulaymi yoki tabiiy maydonmi?

- Albatta, barcha tabiiy maydonda o'ynayshni istaydi. Mavjud ekologik xolatdan kelib chiqib biz sun'iy maydonda o'ynashga majbur bo'layapmiz. Buni takrorlayverish to'g'ri emas.

- "Mashal"dan sizning jamoangizga o'tgan futbolchilar qanday taasurot qoldirmoqda?

- Bizga ular o'tgan mavsum ham yorda berishgan. Bu yil ham har bir o'yinda astoydil harakat qilishmoqda. Jamoamiz o'sib borayapti, hozir shunaqa jarayon. Ko'p yigitlar yosh, masalan ularning aksariyati 2-ligadan o'ynab chiqib kelishayapti.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia