Ayollar o'rtasidagi JCH-2019. AQSH navbatdagi titulni qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
7 iyul 2019
Fransiyada ayollar o'rtasidagi sakkizinchi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi bahsda amaldagi mundial g'olibi AQSH vakillari Gollandiyaga qarshi to'qnash keldi va 2:0 hisobida zafar quchib, chempionlik titulini o'zida saqlab qoldi. Amerikaliklar musobaqa tarixida to'rtinchi sovrinni qo'lga kiritib, bu borada o'z rekordlarini yangilashdi. Ularning eng yaqin taqibchisi esa Germaniya terma (2ta titul) jamoasidir.


AQSH – Gollandiya – 2:0 (0:0)

Gollar: 1:0 – Rapino (61, penalti), 2:0 – Lavell (69).

AQSH – Nixer, Dann, Sauerbrann, Dalkemper, O'Xara (Kriger, 46), Mevis, Erts, Lavell, Rapino (Press, 79), Xit (Lloyd, 87), Morgan.

Gollandiya – van Venendal, Blodvort, der Grag, Dekker (van de Sanden, 73), van Lunteren, Spitce, van de Donk, Grunen, Martens (Roord, 69), Berensteyn, Midema.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia