Azar "Barselona"ga qarshi "El Klasiko"da o'ynaydimi?

Alisher
19 okt 2021
"Real" yarim himoyachi Eden Azar YCHL doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda qaydnomaga kiritilmadi.

Futbolchi jarohatidan tiklanishi kerak. Bu haqda "qirollik klubi" ustozi Karlo Anchelotti gapirdi.

"Azar "El Klasiko"ga tayyor bo'ladi deb o'ylayman", - deydi italiyalik mutaxassis.

"Barselona" - "Real" o'yini 24 oktyabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

30 yoshli xavbek joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es