

Manbaning xabariga ko'ra, Azar endilikda o'z mamlakati terma jamoasi safida o'ynamasligi ehtimoli yuqori.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi Jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Roberto Martines shogirdlari 4 ochko jamg'arib, o'z guruhida Marokash (7 ochko) va Xorvatiya (5 ochko)dan keyin uchinchi o'rinni egalladi.
Eden Azar 2008 yilning noyabrida Belgiya terma jamoasi safida ilk bor o'yin o'tkazgandi. O'shandan beri u "qizil iblislar" safida 126 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urgan va jamoadoshlariga 36 ta golli uzatma amalga oshirgan.



