Azar Karrasko haqida: "Ispaniyada zaxirada o'tirgandan, Xitoyda o'ynagan yaxshi"

Aslanov Jasurbek
8 mar 2018
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Atletiko"dan Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga o'tgan Belgiya terma jamoasidagi do'sti Yannik Ferreyra-Karraskoni himoya qildi.

"Karraskoning fikrini o'qiy olmayman, biroq u "Atletiko"ni tark etmoqchi bo'lganini bilaman. Xitoydan bo'lgan taklif yagona variantdir. Agar u Madridda qolganida mavsum oxirigacha maydonga tushmagan bo'lardi. Hozir esa u asosiy tarkibda bo'lishiga ishonadi. Ispaniyada zaxira futbolchisi bo'lgandan, Xitoyda o'ynagan yaxshi.

Bu tanlov g'alatidek ko'rinishi mumkin, ammo bunga sabablar borligiga ishonaman. Xitoyga ketadigan futbolchilar bilan muammoim yo'q. Vitsel bir necha oydan beri o'sha yerda, endi Karrasko. Uch oydan so'ng jahon chempionati boshlanadi va bunday qisqa vaqt ichida o'z darajasini yo'qotishning iloji yo'q. Karraskoning transfer Belgiya terma jamoasi rejalarini o'zgartirmaydi" - deydi Azar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Derniere Heure