Azar murabbiylar Sarri, Mourinyo va Konteni solishtirdi

Mirjalol Normatov
2 sen 2018
"Chelsi" vingeri Eden Azar bosh murabbiy Mauricio Sarrining o'yin uslubi haqida gapirdi.

"Menga to'p bilan birga ko'proq bo'lish yoqadi. Ammo o'z jarima maydonchasi emas, raqib tomonida. Menga shunday o'yin uslubi yoqadi. Sarri Konte yoki Mourinyo kabi emas. Biz Sarri qo'l ostida to'pni ko'proq nazorat qilyapmiz. Bu esa anchagina yaxshi holat", - dedi Azar.

"Chelsi" APLni to'rt g'alaba bilan boshladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail