Aziz G'aniev klubi Turkmanistonni yirik hisobda mag'lub etdi

Omonjon To`xtamirzayev
16 okt 2023
BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazayotgan Turkmaniston terma jamoasi mahalliy "Shabab Al Ahli" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Mazkur bahs 4:1 hisobida "Shabab Al Ahli" foydasiga hal bo'ldi. Eslatib o'tamiz, klubning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Aziz G'aniev ayni damda terma jamoa ixtiyorida bo'lib turibdi.

JCH-2026 saralashida Turkmaniston terma jamoasi “E” guruhida Eron va O'zbekiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Ushbu guruhdagi to'rtinchi ishtirokchi saralashning birinchi bosqichida doirasidagi Gonkong – Butan juftligi g'olibi bo'ladi.

Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 final bosqichiga yo'l olish uchun kurashni 16 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uy uchrashuvidan boshlaydi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia