

- Biz pley-off haqida hali umuman o'ylaganimiz yo'q. Bor e'tibor Bahraynga qarshi bahsga qaratilgan. Tarkibdagi barcha futzalchilarimizdan foydalangan holda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, dedi Ahmedov.
Shuningdek, Bahrayn terma jamoasi ustozi Marselino da Silva ham o'zining o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'zbekistonning maydondagi tarkibi har 4 daqiqada o'zgarib turishini barcha yaxshi biladi. Ammo, biz birinchi navbatda tiklanishimiz lozim. O'tgan bellashuvda yo'l qo'ygan xatolarni tahlil qilib, raqibni yaxshi o'rganib chiqqan holda o'yin davomida bor kuchimizni ishga solishimiz kerak bo'ladi.



