Barselona Bayer yetakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda

Khoja
2 may 2025
Barselona Bayerning 29 yoshli chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda El Nasional xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisini qaytarish g'oyasi uning sport direktori Dekoga ham, jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikga ham yoqqan.

Grimaldo joriy mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com