"Barselona" ikki ispaniyalik chap qanot himoyachilarga qiziqmoqda

Alisher
28 yanv 2021
"Valensiya" va "Chelsi" himoyachilari Xose Gayya va Markos Alonso "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Manbaning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Junior Firpo va Xordi Alba bilan teng darajadagi o'yinchi qidirishmoqda.

Gayya va Alonsoning klublari bilan tuzgan shartnomalari 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Xose 30 million evroga, Markos esa 13 million evroga baholanmoqda.

"Barselona" Ispaniya chempionatida 19 turdan so'ng 37 ochko jamg'argan holda jadvalda 3-o'rinda bormoqda.




Reklama




AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo