"Barselona" jarohatlangan Ter Shtegen o'rniga darvozabon qidirmoqda. Jamoada 3 ta variant bor

Sherzod Nurmatov
25 sen 2024
"Barselona" asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen La Liga doirasidagi "Vilyarreal" bilan o'yinda (5:1) jiddiy jarohat olganidan so'ng kataloniyaliklar faol ravishda yangi darvozabon izlamoqda.

Germaniyalik posbon 7-8 oy maydonga tusha olmaydi, bu esa Xansi Flik jamoasini uning o'rniga zudlik bilan o'rinbosar izlashga undadi, deya xabar berdi "Transfer News Live".

Nomzodlar orasida Giyom Rest ("Tuluza"), Alvaro Vales ("Las-Palmas") va Stole Dimitrievskiy ("Valensiya") bor. 

Eslatib o'tamiz, Dimitrievskiy "Valensiya"ga 2024 yilning iyun oyida erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi.

“Barselona” ayni paytda La Liga turnir jadvalida 6 o'yinda 6 ta g'alaba bilan peshqadamlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfer News Live