"Barselona" Martines bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2023
"Barselona" "Atletik" himoyachisi Inigo Martines bilan kelishib oldi, deb xabar berdi insayder Fabricio Romano Ispaniya OAVga tayanib.

31 yoshli bask yozda erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga o'tadi, chunki futbolchining "Atletik" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Kelishuv 90 foizga kelishilgan, yakun "Barselona" moliyaviy feyr-pley shartlarini buzadimi yoki yo'qmi, shunga bog'liq.

Inigo Martines "Atletik"ka 2018 yilning yanvarida kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum Ispaniya klubi safida barcha turnirlarda 14 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano