"Barselona" "Real"ga qarshi o'yinda o'zgacha libosda maydonga tushadi

Оқил Абдубарноев
13 mar 2024
Navbatdagi El Klassiko sanasi ma'lum.

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi futbolchilari Ispaniya La Ligasi doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi kolumbiyalik taniqli Karol G ramzi aks ettirilgan liboslarda harakat qiladi.

Ushbu ko'rinish "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tijoriy hamkori "Spotify" bilan hamkorlik doirasida aks etadi.

Eslatib o'tamiz, El Klassiko 22 aprelga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Spanish Sport