

Kataloniyaliklar matbuot xizmati raqib jamoa tomonidan Twitter'da qo'yilgan 17 fevraldagi memga javob qildi.
O'sha rasm YCHL 1/8 finali doirasidagi “Barselona” – PSJ uchrashuvidan (1:4) olingan bo'lib, Jerar Pikega “Yevropa Ligasi”, yugurib ketayotgan Mbappega esa “Sevilya YCHL 1/8 finalida”, deya izoh yozilgandi.
Kechagi g'alabadan keyin “Barselona” ushbu memga: “Futbolda hurmat muhim ahamiyatga ega”, deb javob qildi.




