

Kataloniya va Madrid klubi Fransiya terma jamoasi o'yinchisini yarim himoyachi Saul Nigesga almashtirishni muhokama qilishmoqda.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "ko'k-anorranglilar" maoshlar miqdorini tushirish uchun Grizmann bilan xayrlashishni xohlamoqda. Saul ham faoliyatida yangi chaqiriq uchun jamoasini o'zgartirmoqchi.
Grizmann "Barselona"da 2019 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 12ta assist qayd etdi.



