Bartomeu: "Ter Shtegen "Atletiko" bilan o'yinda yaxshi harakat qildi"
Aslanov Jasurbek
29 yanv 2015
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final javob uchrashuvida (3:2) Kataloniya jamoasi darvozasini qo'riqlagan Mark-Andre ter Shtegenni maqtadi.
"Atletiko" xavfli hujumlar uyushtirdi, ter Shtegen esa yaxshi o'ynadi. U golli zarbalarni bartaraf etdi. Gap kuchli darvozabon haqida ketyapti" - deydi Bartomeu.