Bastian Shvaynshtayger Xarri Keynga maslahat berdi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2023
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger Myunxen klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan Xarri Keynga maslahat berdi.

"U hatto yuz tuzilishi hamda sochlarining rangi bilan ham nemislarga o'xshaydi. Ha, uning Germaniyaga ko'chib o'tishini yaxshi ish deb hisoblayman.

U avvalo o'ziga savol berishi kerak: men sovrinlar yutishni istaymanmi? Masalan, Yevropa chempionlar ligasi. Xarri o'z oilasi va do'stlari yonida ko'proq bo'lishini istashini tushunib turibman, bu uning uchun eng yaxshi joy. 

Ammo xorij chempionatlarida o'ynash ham futbolchiga katta tajriba beradi. Masalan, men "Manchester Yunayted"da o'zim va faoliyatim uchun katta tajriba olganman. Albatta, bu yerda top-klub hamda yaxshi murabbiy bor edi. Ko'p narsalardan o'zim uchun foyda olgandim", - dedi Bastian.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Xarriga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida yaxshi summa bo'lsa, "Tottenxem" ham forvardini sotishga qarshilik bildirmayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild