Behruz Jumatov "Surxon" futbolchisiga aylandi

Alisher Ostonov
17 yanv 2026
O'tgan mavsumni "So'g'diyona"da o'tkazgan yarim himoyachi Behruz Jumatov faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi.

Jamoamizga yana bir iqtidorli va yosh futbolchi qo'shildi. Endi "Surxon" safida Behruz Jumatov to'p suradi. U 19 yoshda, markaziy himoyachi poziciyasida o'ynaydi, shuningdek, himoya qanotlarida ham harakatlana oladi. Futbolchi Odil Ahmedov Akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, avval "Olimpik"da o'ynagan va o'tgan mavsumni Jizzaxning "So'g'diana" jamoasida o'tkazgan.

Takidlash joizki, Jumatov o'z yoshidagi eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi. U O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 20ta o'yin o'tkazgan va shundan so'ng Yevropa klublarining e'tiborini tortgan.

Jumatov bilan shartnoma 1 yilga imzolangan

Behruz Jumatov

Tug'ilgan sana: 13.02.2006

Fuqaroligi: O'zbekiston

Amplua: Markaziy himoyachi


O'ynagan klublari

2023-2024 - Olimpiya

2024 - Olimpik

2025 - So'g'diyona


Klub nomidan Behruzni samimiy qutlaymiz va unga Surxon safida omad, yorqin o'yin hamda ko'plab sifatli o'yinlarni kutamiz", - deyiladi klub xabarida.



Alisher OstonovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати