Belsa Urugvay terma jamoasini tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 noya 2025
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa tez orada lavozimidan kyetish ehtimoli bor.

Bu haqda "Pasesuruguay" xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, 70 yoshli argentinalik mutaxassis kelajagi haqida suhbatlashish uchun Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) rahbariyati bilan uchrashadi. Uning qolishiga assotsiatsiyadagilarning ishonchi komil emas.

Urugvay JCH-2026 saralash bosqichida 28 ochko to'pladi va to'rtinchi o'rinni egalladi. Ular kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Pasesuruguay