Bentankur: "Valverde – hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi"

Sherzod Nurmatov
14 noya 2022
"Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur joriy mavsum "Real"da yuqori sifatli o'yin namoyish etayotgan Urugvay terma jamoasidagi sherigi Valverdening o'yiniga katta baho berdi.

"Valverde hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisimi? Shubhasiz, shunday", – dedi Bentankur.



Eslatib o'tamiz, Valverde shu paytgacha barcha musobaqalarda 8 ta gol urdi. Yarim himoyachi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan garov bog'ladi: urugvaylik futbolchi Ispaniya chempionatida bir mavsumda kamida 10 ta gol urmasa, italiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatini yakunlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Pais