Blind Shryoder bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
2 fev 2023
Himoyachi Deyli Blind murabbiy Alfred Shryoder bilan yuzaga kelgan tushunmovchilikni esladi.

"Valveykda o'yin bo'lgandi. Biz yomon o'ynadik. Murabbiy tanaffusda biz yomon pressing qilayotganimiz va hujumchilarga yanada yaxshiroq harakat qilishlari mumkinligini aytdi. 

Men o'rnimdan turdim va: "Murabbiy, biz qanday harakat qilishimiz lozimligini aniq ayting va qaror qiling!". Biz emociyada aytilgan gap edi va uning javobi ham keskin bo'ldi: "Sen o'chir. Og'zingni yop va o'tir!".

Men jim turishga qaror qildim. Keyin jamoadoshlarimdan "oshirib yubordimmi?" deb so'radim. Ular bunday o'ylashmadi. 

Erik ten Xag bilan esa bahslashish mumkin edi, ammokeyin doim shunday bo'lardi: qaror qildik, bajardik va olg'a!

O'shandan keyin Shryoder meni bee'tibor qoldira boshladi. Men o'z poziciyamdagi uchinchi o'yinchiga aylanib qoldim. 

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Alfred Shryoder ketma-ket duranglardan so'ng iste'foga chiqarildi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: