"Borussiya D" "Brayton" yarim himoyachisi transferi ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024
"Qora-sariqlar" Paskal Gross bilan og'zaki kelishuvga erishishga yaqin.

Dortmundning "Borussiya" klubi Angliyaning "Brayton" jamoasi yarim himoyachisi Paskal Grossning transferi ustida ishlamoqda, deya xabar berdi "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenberg.

Xabarlarga ko'ra, "qora-sariqlar" tez orada 33 yoshli Gross bilan og'zaki kelishib oladi. Shartnoma uch yoki ikki mavsumga tuziladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Tez orada klublar o'rtasidagi muzokaralar boshlanishi rejalashtirilgan.

Paskal Gross 2023/24 yilgi mavsum "Brayton" libosida 47 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports