Bu qiziq! Livan termasi asosiy tarkibida futzalchi bor

Mirjalol Normatov
12 yanv 2024
Livan termasining Qatarga qarshi o'yin uchun tarkibi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, asosiy tarkibda 20-raqamda maydonga tushadigan futbolchi Ali Tneich uzoq yillar davomida mamlakat futzal termasi tarkibida o'ynagan.

31 yoshli futbolchi mamlakat futzal termasi tarkibida 9 yil davomida harakat qilgan va 23ta gol urishga ham erishgan.

Ali 2022 yildan buyon katta futbolda va mamlakat termasi tarkibida 16 o'yinda maydonga tushishga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia