Bugun Nesterov jamoasi 6-o'rindagi "Al Taavon" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bugun "Oxod" safidagi uchinchi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Jamoa bugun Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turi doirasida "Al Taavon" mehmoni bo'ladi.  Eslatib o'tamiz, hozircha darvozabon saudiyaliklar safida ikkita o'yin o'tkazdi va ikkita g'alabaga erishdi.

"Al Taavon" - "Oxod" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:35 da start oladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia