Bugungi Osiyo kubogi finalida vakilimiz nazoratchilik qiladi

Alisher
2 iyul 2023
Joriy yilning 15 iyunidan boshlab Tailandda U-17 Osiyo kubogi bo'lib o'tayotgani va unda 3 nafar o'zbekistonlik vakil ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Bugun, 29 iyun kuni Tailandning Pathum Thani shahridagi markaziy stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo kubogi finalida inspektorimiz ishtirok etadi. Unga ko'ra, Vladislav Seytlin Sharqning eng kuchli terma jamoasini aniqlab beruvchi ????????Janubiy Koreya hamda ????????Yaponiya yoshlari o'rtasidagi bahsga nazoratchilik qilish uchun tayinlov olgan.

Ma'lumot uchun, bungacha Vladislav Seytlin musobaqaning guruh bosqichida bir qancha bahslarda, shuningdek, chorak hamda yarim final bahslarida ham nazoratchilik qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia