Bundesliga klublari Perishichga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021
"Inter" klubiga tegishli bo'lgan xorvatiyalik vinger Ivan Perishich Germaniya Bundesligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri Berlinning "Gerta" klubidir.

"Neradzurri"lar Perishichni yozgi transfer oynasida sotib yuborishga tayyor. Uning maoshi yiliga besh million evroni tashkil qiladi. Xorvatiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.

Ivan bundan ilgari Bundesligada "Borussiya Dortmund", "Volfsburg" va "Bavariya"da to'p surgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru